Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari

25.04.2025 / 221

  Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari Lalixon Aliyeva, tuman IIB mas’ul xodimlari, talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda sohaning tegishli mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi – oilada zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni himoya qilish mexanizmlarini yaxshilashdir.

  Tadbir doirasida “Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusida ma’ruzalar tinglandi. So‘zga chiqqanlar, zo‘ravonlik tushunchasi, uning turlari, salbiy oqibatlari va uning oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berdi. Ma’ruzachilar oilada zo‘ravonlikning psixologik, jismoniy va iqtisodiy zararlari, shuningdek, bu muammoni hal qilishda davlat va jamoatchilikning o‘rni haqida fikr almashdilar. Ushbu tadbirda, shuningdek, zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha amaliy maslaxatlar ham berildi.

  Uchrashuvda talabalar bilan qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar, jumladan, xotin-qizlarni himoya qilishga qaratilgan mexanizmlar haqida fikr almashildi. Ma’ruzadagi asosiy fikrlardan biri, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularni zo‘ravonlikdan saqlash uchun o‘zining huquqiy savodxonligini oshirish muhimligi edi. Qo‘shimcha qilib, so‘zga chiqqan huquqshunoslar va mutaxassislar qonunlar va normalar haqida, shuningdek, zo‘ravonlik holatlarini qayd etish va tegishli organlarga murojaat qilish tartibi haqida ma’lumot berdilar.

  Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Mazkur savollarga tuman IIB xodimlari, huquqshunoslar va mutaxassislar tomonidan aniq va ishonchli javoblar berildi. Shuningdek, talabalarga xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha resurslar va tashkilotlar haqida ma’lumot berildi, ularni zarur bo‘lgan holatlarda qanday yordam olishlari haqida tushuntirildi.

 Tadbir umumiy ravishda o‘z maqsadiga erishgan va qatnashchilarga zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalar olishga imkoniyat yaratgan bo‘ldi. Oilada zo‘ravonlikning oldini olish va har bir a’zoning huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarash muhim ekanligi o‘tkazilgan tadbirda yana bir bor ta’kidlandi.

Powered by GSpeech