"ZIYO ULASH" LOYIHASI

04.03.2025 / 270

Adliya vazirligining tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Yunusobod tumani 1-va 2-son FXDYO bo‘limi hamda tuman xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Tadbirda Yunusobod tumani "Nuroniy" jamg‘armasining raisi, I. Ashrapova, “Zulfiya” mukofoti laureati G. Asqarova ishtirok etdilar.

Seminarda 12 nafar nikohlanuvchi yoshlar ishtirok etib, ularga oilaviy huquqiy bilimlar, oilada erkak va ayolning mas’uliyati, vazifalari, oilaviy nizolarni oldini olishga oid tushunchalar berildi. Shuningdek, oilani mustahkam qo‘rg‘onga aylantirish uchun oila a’zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni kuchaytirish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

"Ziyo ulash" loyihasini kengaytirish va yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida shoira Guljamol Asqarova nikohlanuvchi yoshlarga o‘z ijodiga asoslangan kitoblarini taqdim etdi.

Powered by GSpeech