Замонавий лифт ўрнатилди

09.04.2025 / 175

Yunusobod tumani hokimligi tomonidan aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijalari sifatida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Masalan, Matonat MFYdagi 65-sonli ko‘p qavatli uyda 2 ta yangi lift o‘rnatish ishlari olib borildi. Bu liftlar aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega.

Fuqarolarning yuqori qavatlarga ko‘tarilishni osonlashtirish uchun katta ahamiyat kasb etadi.Liftlarning yangi bo‘lishi, ularning zamonaviy va ishonchli texnikalarga ega bo‘lishi aholiga qulayliklar yaratadi. O‘rnatish hokimlik tomonidan to‘liq nazoratga olinib, barcha ishlarning standartlarga mos ravishda amalga oshirilishi ta’minlandi.

Ko‘p qavatli uydagi liftlarning yangi o‘rnatilishi bilan birga, binoda joriy etish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish ishlari ham davom etmoqda. Bu o‘zgarishlar, aholining kommunal xizmatlardan foydalanish sifatini yaxshilashga va ularning xavfsizligi va qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech