YURT FIDOYILАRI

17.09.2024 / 178

  Poytaxtimizning Yunusobod tumani. Shahidlar xiyoboni... Bu maskan atrof jim-jit, sokinlik, g‘amginlik bor.Qagchadan-qancha ilm maʼrifat yoʼlida kurashgan ajdodlarimiz, begunoh insonlar yodi bor maskanda. Xususan Аbdulhamid Cho‘lpon ham shu yerda qatag‘on qurboni bo‘lgan.

  Bugun bu yerga Respublika Mahallalar uyushmasi Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari, mahallalar faollari tashrif buyurdi.Dastlab, o‘tganlar ruhiga duo qilindi. Shundan so‘ng shoir va yozuvchi ijodi haqida suhbat qilindi. Qayd etilganidek, 1938 yilning 4 oktyabrь kuni NKVDning Yunusobod tumanidagi qatl­gohlaridan birida o‘zbek xalqining Cho‘lpon, Fitrat va Аbdulla Qodiriy singari ulug‘ farzandlari xalq dushmanlari sifatida otib tashlangan. Bu sovet davlatining o‘zbek xalqi va madaniyati oldidagi katta jinoyati edi.

  Muloqotlarda maʼrifat bobomizning hayot yo‘li, qoldirgandi ilmiy, adabiy merosi, ular yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikrlashildi.

Powered by GSpeech