YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYADA MODERNIZATSIYA ISHLARI OLIB BORILMOQD

19.12.2024 / 178

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yanada yaxshilash to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va istemolchilarni sifatli elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida joylardagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan 35-110  kVli podstansiyalarda elektr qurilmalarni ko‘rikdan o‘tkazish va o‘z muddatida almashtirilishi kerak bo‘lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.

Powered by GSpeech