Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi eskirgan simlar yangisiga almashtirilmoq`da
110 kV YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG‘IDAGI ESKIRGAN SIMLAR YANGISIGA ALMASHTIRILMOQ`DA
Yunusobod tumaniining ayrim hududlaridagi iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi «Toshkent IES» va PS 110/6 kV «DOK» podstansiyalari oraligidagi L-DOK-1 va L-DOK-2 quvvati 110 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog’i belgilangan rejaga asosan mukammal ta’mirlanmoqda.
Mutaxassislar tomonidan uzatmaning maʼnan va jismonan eskirgan 110 kVli havo tarmoqlari zamonaviy elektr uzatish kabel tarmoqlariga almashtirilamoqda.
Bu kabi olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida uzatma orqali sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishiga va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uzilishlar oldi olinishiga xizmat qiladi.
O'zbekcha
Русский
English