YUNUSOTA MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Ta’lim sifatini yanada yaxshilashda tizimga taalluqli har qanday yumush muhim o‘rin tutadi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyati katta. Yunusota mahallasi hokim yordamchisi J.Saidaxmedov, Yoshlar yetakchisi Y.Namratov bilan birgalikda 500-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti va 250-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar chog‘ida ta’lim maskanlarida qozonxonalarning ishlash tizimi belgilangan me’yorlar asosida issiqlik yetkazib berilayotganligi aniqlandi. Hokim yordamchisi, umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumida kommunal xizmatlar xavfsiz va uzliksiz yetkazib berilishini ta’minlashga e’tibor qaratib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, maktabda sanitar holatni yanada yaxshilash yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English