Yunusobodlik yoshlar jahon kubigi sovrindori bo‘ldi

20.04.2025 / 160

Yunusobod tumani 2-son sport maktabi sportchi-o‘quvchilari joriy yilning 7–12 aprel kunlari Tailand davlatida bo‘lib o‘tgan kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan kuchli sportchilar bilan bellashgan yurtdoshlarimiz katta mahorat va iroda namoyon etish orqali yuqori natijalarga erishdilar.

 Oltin medal sohiblari:
Sodiqov Fuzayl
Oxunboboyev Muhammadamin
Raupov Mansur
Saidov Xorun
Erkinov Yusufbek

 Bronza medal sohiblari:
Bohodirov Ibrohim
Ushbu yutuqlar Yunusobod tumanida sportni rivojlantirish, yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan islohotlarning samarasi ekanligidan dalolat beradi.

Gʻolib va sovrindor sportchilarimizni, ularning murabbiylari va butun jamoani ushbu yuqori natijalar bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ularga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz!

Powered by GSpeech