Yunusobodlik o‘quvchilar "Aqlli uy” loyihasini ishlab chiqdi
Yunusobod tumani 17-maktab o‘quvchilari ENE Kids loyihasida o‘zining innovasion g‘oyalari bilan ajralib turdi.
Ma’sud Madaminov elektr energiyasini tejashga qaratilgan “Aqlli uy” loyihasini ishlab chiqdi. Uning g‘oyasi maishiy sharoitda elektr energiyasini sezilarli darajada kamaytiradi. O‘qituvchi Dilorom Raxmanova o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab, ekologik ongni shakllantirish va energiya tejamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi.
ENE Kids loyihasi natijalari:
Talimardjon IESning bir kunlik ishiga teng elektr energiyasi tejaldi;
Har hafta Olimpiya basseynini to‘ldirish uchun yetarli miqdorda suv tejaldi.
Yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida o‘qituvchilar uchun maxsus treninglar o‘tkazdi.
Loyiha mahalliy telekanallarda yoritilib, keng jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Yunusobod tumani 17-maktab o‘quvchilarining tashabbuslari milliy miqyosda ekologik muammolarni hal qilishga katta hissa qo‘shmoqda.
O'zbekcha
Русский
English