YUNUSOBODDA YANGI YIL SHUKUHI

27.12.2024 / 198

Yunusobod tumani hokimligi tomonidan Yangi yilga katta hozirlik ko‘rildi. Qaysi bir ko‘chadan yurmang bayram nafasi hukmronligini ilg‘aysiz.

Rang-barang chiroqlar, tuman markazida bezatilgan ulkan bayram archasi, qorbobolar paradi, insonga o‘zgacha iliqlik bag‘ishlaydigan konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Mahallalar, xizmat ko‘rsatish va savdo markazlari, xiyobonlarda, aholi gavjum joylarda turfa o‘qinchoqlar, rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan.

Bayramga tashrif buyuruvchilar arzonlashtirilgan yarmarkalar orqali, yaqinlariga oila a’zolariga ham sovg‘alar xarid qilishiga qulay sharoitlar yaratilgan. Bu esa yoshu keksaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Ming marta eshitgandan bir marta, kelib, ko‘rib, eng muhimi bayramona kayfiyat bilan madaniy hordiq olishga nima yetsin.
Barcha yurtdoshlarimizni Yunusobodda har kuni tashkil etilayotgan Yangi yil bayram dasturlariga taklif qilib qolamiz.

Powered by GSpeech