Yunusobodda to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish choralari ko‘rilmoqda

05.11.2025 / 8

Yunusobod tumanida "Bobodehqon" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Maromiylik dasturi doirasida to‘y hashamlarini ixchamlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

“Maromiylik — barqarorlik va farovonlik mezoni” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Mahallalar uyushmasi, Nuroniy jamg‘armasi va mahalla faollari ishtirok etdilar. Tadbirda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishni tartibga solish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirib, maromiylik tamoyillariga amal qilish, isrof-garchilikka yo‘l qo‘ymaslik va mahallalarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Powered by GSpeech