Yunusobodda ta’lim sohasi rivoji — 265-maktab rekonstruksiya qilindi

08.10.2025 / 84

Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabida quvonchli voqea. Ta’mirdan chiqarilgan maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yunusobod tumani hokimligi va “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi kengashi a’zolari, MFY faollari, maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu doirada “Uch qahramon” mahallasi hududida joylashgan 265-sonli maktab ham tubdan rekonstruksiya qilindi. Ushbu ta’lim maskani 1987 yilda qurilgan bo‘lib, yillar davomida binoga ta’mirga muhtoj bo‘lgan. 1076 o‘rinli mazkur maktab zamon talablariga mos ravishda kapital ta’mirlandi va yangi qiyofa kasb etdi.

Ayni paytda maktab hududida qo‘shimcha o‘quv binosi ham qurilmoqda. Bu kelgusida o‘quvchilar soni ortishi va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech