Yunusobodda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari atroflicha o‘rganildi

12.10.2025 / 43

Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tuman hududida joylashgan muhim infratuzilma ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. Bu tadbir aholi xavfsizligi va kommunal xizmatlar barqarorligini ta’minlashga qaratildi.

Tekshiruvlar davomida tumanning turli hududlarida joylashgan strategik ob’yektlar hamda ularning faoliyati qonunchilik va texnik standartlarga muvofiqligi tekshirildi. Xususan 6-mavzeda joylashgan 4-sonli issiqlik ta’minoti markazi, TXAY ko‘chasidagi yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti, 11-mavzedagi tuman elektr tarmoqlari bo‘limi, 2-mavzeda joylashgan “Mumtoz kommunal” bosh servis kompaniyasi ko‘zdan kechirildi.

Tadbir davomida ob’yektlardagi muhandislik tizimlari holati, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, issiqlik, gaz va elektr ta’minotining barqaror ishlashi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilganligi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkor harakat qilish uchun harakatlanish rejalari va favqulodda xizmatlar hamda mas’ul xodimlar uchun profilaktik chora-tadbirlar belgilandi.

Ushbu tadbir yakunlari bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bu choralar aholiga qulay va xavfsiz kommunal xizmatlarni ta’minlash, hamda turli favqulodda holatlarni oldini olishga qaratilgan. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan nazorat ishlari muntazam ravishda olib borilishi belgilandi.

Powered by GSpeech