YUNUSOBODDA 426 TA XIZMAT KO‘RSATISH VA SERVIS OBYEKTLARI ISHGA TUSHIRILDI

02.08.2024 / 238

Yunusobod tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilayotgan imtiyozlar, olib borilayotgan investitsiya siyosati har bir tarmoqda barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlamoqda.

Tumanda 426 ta xizmat va servis obyektlari ishga tushirilib, jami xizmatlarda 27,2 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi.

Davlat dasturlari doirasida jami 22,8 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi hisobiga 2,5 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. 

Har bir mahallada “hokim yordamchilari” tizim orqali 8,3 mingta band bo‘lmagan aholi doimiy va vaqtinchalik ishlarga joylashtirilib, 445 ta kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan ishsizlar kasb-hunarga o‘qitilishi taʼminlandi.

Hokim yordamchilari tomonidan jami shakllantirilgan 253 ta “mahallabay” yangi loyihalarning 162 tasi ishga tushirildi

va 466 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Powered by GSpeech