Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

16.04.2025 / 776

    Joriy yilning, 17- aprel kunidan 21-aprel kuniga qadar Toshkent shahrining Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi «Toshkent IYeS» va PS 110/6 kV «DOK» podstansiyalari oralig‘idagi L-DOK-1 va L-DOK-2 quvvati 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ini modernizatsiya dasturi doirasida ma’nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy havo elektr uzatish kabel tarmog‘iga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, soat 08:00 dan 18:00 ga qadar vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

   YUNUSOBOD tumanidagi – 52- sonli oilaviy poliklinika,
Kanalizatsiya nasos stansiyasi (KNS),
52- va 86- sonli maktab,
502- MTM.

    Mahallalar:
   «Astraobod» MFY, «Turkiston» MFY, «Ming Chinor» MFY, «Nurmakon» MFY, «Sobirobod» MFY, «Hamkorobod» MFY, «Katta Hasanboy», «Sharq Haqiqati» MFY, «Registon» MFY, «Yo‘lariq» MFY, «Uch Qahramon» MFYlarida elektr energiyasi soat 08:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

    TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARI

1. «Jahongir servis» MCHJ
2. «Raupxon» OAJ
3. «Toshkent Metro Qurilish» MCHJ
4. «Sanico Group» MCHJ
5. «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ
6. «Toshkent Metropoliteni» DUK
7. «Biznes Daymond» MCHJ
8. «Megatrans Presstij» XT
9. «Toshkent Issiqlik Markazi» MCHJ
10. «Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi» UK

   O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Powered by GSpeech