YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

14.12.2024 / 238

Ertaga, 15-dekabr kuni Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26-iyundagi 259-son Qaroriga asosan Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35/10/6 kV kuchlanishli «Astronomicheskaya» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida ma’nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taminotida uzilishlar kuzatiladi.

Yunusobod tumanining: «Mirzo Ulug‘bek», «Buyuk Turon», «Bodomzor», «Shayh Shivli», «Yangi Tarnov», «Firdavsiy», «Xiyobontepa» hamda «Bo‘zsuv» MFYlarining ayrim hududlarida soat 00:00 dan 04:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Powered by GSpeech