Yunusobod tumanidagi yo‘l ishlari bo‘yicha rasmiy izoh
Yunusobod tumanidagi yo‘l ishlari bo‘yicha rasmiy izoh
Poytaxtda yo‘l ishlari faol bosqichda olib borilmoqda va biz shaharliklar xavotirini tushunamiz. Biroq, ta’mirlash jarayoni texnik me’yorlar va harakatni optimallashtirishni inobatga olgan holda tashkil etilganini ta’kidlash lozim.
✅ Ishlar tirbandlik va haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun serqatnov bo‘lmagan soatlarda amalga oshiriladi. Bu bajarilish jadvaliga ta’sir qilsa-da, tirbandlik paytida yo‘llarni butunlay yopib qo‘yishdan saqlanishga imkon beradi.
✅ Ta’mirlash bosqichma-bosqich olib boriladi:
1️⃣ Avvalo, zarur miqdordagi texnika (katoklar, asfalt yotqizgichlar va boshqa mashinalar)ni jalb etish uchun umumiy ish hajmi aniqlanadi.
2️⃣ So‘ngra ish maydoni ochiladi, eski asfalt qatlami olib tashlanadi va hudud tozalanadi.
3️⃣ Shundan keyin yangi qoplamani yotqizish ishlari boshlanadi.
Ayrim joylarda tayyorgarlik bosqichlari biroz ko‘proq vaqt olishi mumkinligini tushunamiz. Bu jalb qilingan texnika va materiallar hajmining haqiqiy ish maydoni bilan mos kelishini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq. Yotqizish ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanadi. Masalan, joriy obyektlarda uning yakuniy bosqichi yakshanbaga mo‘ljallangan.
Sabr-toqatingiz va tushunganingiz uchun tashakkur!
O'zbekcha
Русский
English