Yunusobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining III chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Sessiyada Yunusobod tumani prokuraturasi mas’ul xodimi so‘zga chiqib, Prezidentimizning PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan axborot berdi. Ma’ruzada tumandagi Shoshtepa mahallasini namuna sifatida olib, kameralar o‘rnatish, xavfsiz yo‘laklar yaratish va favqulodda tugmalar o‘rnatish ishlari amalga oshirilgani qayd etildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala bo‘yicha tuman IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik M.M Saydazimov, so‘zga chiqib, 2025 yilning uch oylik kriminogen vaziyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshiradigan vazifalar haqida ma’lumot berdi. Ma’ruzada 2025 yilning 1-choragida profilaktik tadbirlar samarasida jinoyatlar soni kamaygani ta’kidladi. Tuman hokimligi rasmiy telegram kanalida muntazam yoritib borilganligi alohida e’tirof etildi.
Sessiya kun tartibi bo‘yicha tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i I.Kadirovning hisobotiga ko‘ra, mahallalarga soliq xodimlari biriktirilib, “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” tizimi orqali nazorat kuchaytirilgan.
Sessiya yakunida barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
O'zbekcha
Русский
English