Yunusobod tumanida Xalq deputatlari Kengashining IX- sessiyasi bo‘lib o‘tdi

13.06.2025 / 99

   Bugun Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining III- chaqiriq IX- sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputatlari, tuman hokimligi mutasaddilari, jamoat tashkilotlari ishtirok etdi. Sessiya ochiq muloqot, fikr almashuv va amaliy yechimlar ruhida o‘tdi.

   Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

  “Aqlli shahar” konsepsiyasini Yunusobod tumanida joriy etish chora-tadbirlari – raqamli infratuzilmani rivojlantirish, xizmatlarni avtomatlashtirish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

   2025 yil I-choragi uchun mahalliy byudjet ijrosi va daromad manbalarini shakllantirish holati – byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va iqtisodiy barqarorlik masalalari tahlil qilindi.

   “Tashabbusli byudjet” g‘olib loyihasi – “Yashil jamoat parki” qurilishi – “Minor” mahallasida 0,10 gektar yer maydonida dam olish maskani tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

    Navbatdagi masala Virusli gepatit “A” kasalligini kamaytirish va oldini olish choralari bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini maqsadli tarzda emlash ishlari to‘g‘risida hisobot berildi.

    Sessiyada deputatlar kun tartibidagi har bir masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, taklif va savollariga mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar. Qizg‘in muhokamalar asosida masalalar har tomonlama ko‘rib chiqildi.

   Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Powered by GSpeech