Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot
13.10.2024
/
221
Bugun, 13-oktyabr kuni soat 15:28 da Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 3-daha “Akbarobod” MFY hududida, yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:36 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:03 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida yangi qurilayotgan binoning tom qismi yonib zararlangani aniqlandi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
O'zbekcha
Русский
English