Yunusobod tumanida ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
10.11.2025
/
38
Yunusobod mahallasiga tuman hokimligi, Vazirlar Mahkamasi va “O‘zbekneftgaz” AJ ma’sul xodimi hamda tuman FHB xodimi tashrif buyurdi. Tashrif davomida ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Yunusobod mahallasi shtabidagi ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi, mas’ul “mahalla yettigi” faoliyati tahlil qilindi va mavjud masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish, xodimlarni tayyorlash va aholini xabardor qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur tashkiliy choralar belgilab olindi.
O'zbekcha
Русский
English