Yunusobod tumanida podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom etmoqda

28.06.2025 / 120

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yanada yaxshilash to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  tomonidan Yunusobod tumanida elektr energiyasi taminotini yaxshilash va iste’molchilarni sifatli elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida, joylardagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyada modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan tumandagi Astronomichskaya 35-110  kVli podstansiyada elektr qurilmalarni ko‘rikdan o‘tkazish va o‘z muddatida almashtirilishi kerak bo‘lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda. Ayni vaqtda, podstansiyada modernizatsiya ishlari davom etmoqda.

Powered by GSpeech