Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari
Ayni paytda Yunusobod tumanidagi barcha mahallalarda hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun yanada munosib va ozoda muhit yaratish maqsadida xashar o‘tkazilmoqda.
Xususan, “Bog‘i Eram” mahallasida ham xashar ishlari jonlandi. Tadbir doirasida hududdagi ko‘chalar, yo‘laklar va yashil hududlar tozalanib, daraxt va gul ko‘chatlari ekilayotgani, mavjud yashil maydonlar parvarishlanayotganini ko‘rish mumkin. Mahalla faollari, yoshlar hamda aholi vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, hududni obodon va tarovatli ko‘rinishga keltirishda faol ishtirok etmoqdalar. Bu kabi sa’y-harakatlar nafaqat mahalla aholisi uchun qulaylik yaratadi, balki atrof-muhitni sof va go‘zal saqlashga ham xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, Yunusobod tumanidagi bunday xasharlar doimiy tus olib, aholi o‘rtasida hamjihatlik va mehnatsevarlik ruhini yanada mustahkamlamoqda.
O'zbekcha
Русский
English