Yunusobod tumanida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogiga start berildi
Yunusobod tumanidagi “Olimpiada va Paralimpiada shon-shuhrat muzeyi”da 16–30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 64 ta mahalla yoshlar yetakchilari hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdi.
Musobaqa Yunusobod tumanidagi 64 ta mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Tadbir davomida Yunusobod tuman hokimi B. Abduvaliyev so‘zga chiqib, qur’a tashlash marosimini ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng, Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig‘i B.Ubaydullayev, futbol faxriysi A. Abduraimov hamda Ommaviy sport tadbirlari shoʻbasi rahbari J. Abduraimovlar nutq so‘zlab, futbol musobaqasining ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishiga ishonch bildirishdi. Musobaqa joriy yilning 26-aprel kunidan boshlanadi.
Ushbu musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad — futbol sport turini rivojlantirish hamda yangi iqtidorlarni aniqlashdan iborat.
O'zbekcha
Русский
English