Yunusobod tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
Respublika ishchi guruhi tomonidan Yunusobod tumanidagi 4-mavzesida joylashgan “BEKIROV RIZO” BSK faoliyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida korxonaning ishchi zahiralari, isitish tizimlarining texnik holati, elektr va suv ta’minoti tizimlarining barqarorligi, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinishi hamda favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mas’ul xodimlar tomonidan korxona ishchi va xizmatchilariga isitish tizimlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda ehtimoliy avariya holatlarining oldini olish choralari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tekshiruvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxonada kuz-qish mavsumida ish jarayonini barqaror va xavfsiz tashkil etish, hamda ehtimoliy favqulodda holatlarning oldini olishdir.
O'zbekcha
Русский
English