Yunusobod tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

04.11.2024 / 170

Yunusobod tumanida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu dastur asosida Akbarobod mahallasida 5000 kv metr avfalt qoplamasi, 5800 kv.m piyodalar yo‘lagi, 2,5 ming kvadrat veloyo‘laklar barpo qilinishi rejalashtirilgan. Mahallada zamonaviy amfiteatr ham bunyod etilmoqda. Buning uchun maxsus joy hozirlangan. Bundan tashqari 5 ta bolalar maydonchasi bunyod etilib, 2 ta vorkaut ham o‘rnatiladi.

Eng ahamiyatlisi Nuroniylar maskanining bunyod etilishi mahalladagi keksa avlodni mamnun qildi. 21 ta ko‘p qavatlg‘ uylarning tashqi fasadi ham ta’mirlanadi.

Powered by GSpeech