Yunusobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari batafsil muhokama qilindi

11.10.2025 / 46

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev rahbarligida tuman hokimligi majlislar zalida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning barcha mas’ul tashkilotlari rahbarlari, shu jumladan kommunal xizmatlar, ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy sohalar mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda asosan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati, uy-joy fondi va ijtimoiy ob’yektlarni isitish tizimlarining samarali faoliyati hamda infratuzilmalarning barqaror ishlashini ta’minlash masalalari batafsil muhokama qilindi. Mutaxassislar isitish tizimlarini o‘z vaqtida ta’mirlash, zarur uskunalarni sotib olish va tarqatish jarayonlari haqida hisobot berdilar.

Shuningdek, ijtimoiy investisiya dasturining amalga oshirilishi, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarning ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Tuman aholisining turmush darajasini yuksaltirish, ijtimoiy ko‘maklar va yordamlarni o‘z vaqtida ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash, qish-bahor mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirish va aholini yetarli miqdorda sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash vazifalari ham kun tartibiga kiritildi. Bu borada mahalliy tadbirkorlar va savdogarlar bilan hamkorlik qilish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida hokim Boxadir Abduvaliyev barcha mas’ullarga kun tartibidagi masalalar ijrosini tez va sifatli ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklab, ularning amaliy hamkorlikda ish olib borishlarini talab qildi. Shuningdek, kelgusi rejalar va vazifalarni o‘z vaqtida va o‘z darajasida bajarish uchun muntazam monitoring va nazoratni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Powered by GSpeech