Yunusobod tumanida “IIV vaziri kubogi” musobaqasining final qismi bo‘lib o‘tdi.
Yunusobod tumanida probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “IIV vaziri kubogi” musobaqasi final qismi o‘tkazildi. Ushbu sport tadbiri poytaxtning 12 tumani jamoalari ishtirokida yuqori tashkilchilik darajasida tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida jamoalar o‘rtasidagi jipslik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat ruhi ustuvorlik qildi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — Yunusobod tumani
jamoasi
2-o‘rin — Yashnobod tumani jamoasi
3-o‘rin — Sergeli tumani jamoasi
Gʻolib jamoalar kubok, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — probatsiya hisobida turuvchi shaxslarni jamiyat hayotiga faol jalb etish, ularda jismoniy faollik va ijobiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iboratdir.
Yunusobod tumani hokimligi tumanimiz nomini himoya qilib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoamizni muborakbod etadi.
O'zbekcha
Русский
English