Yunusobod tumanida futbol bo‘yicha DXX Kubogi qizg‘in pallaga kirdi

25.05.2025 / 212

  Har bir o‘yin – dramatik voqealar, chiroyli gollar va haqiqiy jamoaviy ruhga boy kechmoqda.

  Navbatdagi turda Shayx Shibliy MFY va Xiyobon tepa MFY jamoalari o‘rtasidagi bellashuv muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Kuchli hujumlar va burilishlarga boy bellashuvda Xiyobon tepa MFY jamoasi 5:3 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

  Keyingi o‘yin esa yanada keskin va jangovor tarzda o‘tdi — Oqtepa MFY jamoasi Xalqabog‘ MFYga qarshi maydonga tushdi. Mazkur uchrashuvda Oqtepa MFY o‘z ustunligini to‘liq namoyon qilib, 4:0 hisobida zafar quchdi.

Barcha jamoalarni yuksak sport ruhi, intizom va go‘zal o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Powered by GSpeech