Yunusobod tumanida 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari
Yunusobod tumani hokimligi tomonidan aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, tumanda jami 63 640 ta iste’molchi faoliyat yuritmoqda, shulardan 2 349 tasi yuridik shaxslar, 61 291 tasi jismoniy shaxslar hisoblanadi. Hozirgi kunda 37 ta qozonxona va 170 km issiqlik quvurlari mavjud bo‘lib, ularning 118 km qismi yer ostida, 52 km qismi yer ustida joylashgan.
“Veoli Energy Tashkent” MCHJ tomonidan tumanda amalga oshirilgan ishlar natijasida kuz-qish mavsumiga quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
• Eski issiq suv quvurlarini yangilash rejasi — 12,1 km, amalda 12,1 km (100%) bajarildi;
• Qozonxonalarni mukammal ta’mirlash rejasi — 2 ta, amalda 2 ta (100%) bajarildi;
• Qozonxonalarni joriy ta’mirlash rejasi — 27 ta, amalda 27 ta (100%) bajarildi;
• Qozonxonalarni modernizatsiya qilish rejasi — 2 ta, amalda 2 ta (100%) bajarildi;
• Issiqlik quvurlarini izolyasiya qilish rejasi — 2 km, amalda 2 km (100%) bajarildi;
• Issiqlik quvurlarini joriy ta’mirlash rejasi — 62,6 km, amalda 62,6 km (100%) bajarildi;
• Nasos stansiyalarini mukammal ta’mirlash rejasi — 6 ta, amalda 6 ta (100%) bajarildi;
• Nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish rejasi — 2 ta, amalda 2 ta (100%) bajarildi;
• Nasos stansiyalarini joriy ta’mirlash rejasi — 17 ta, amalda 17 ta (100%) bajarildi.
Yunusobod tumanida amalga oshirilgan ushbu chora-tadbirlar natijasida tuman hududidagi uy-joy fondi, ta’lim va tibbiyot muassasalari hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror issiqlik ta’minlanlashga xizmat qiladi.
O'zbekcha
Русский
English