Yunusobod tumani prokurori bolajonlarga Yangi yil bayram sovg‘alarini ulashdi

26.12.2025 / 9

 Yunusobod tumani prokurori Ya.A. Abdurahmonov mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida davolanayotgan 50 nafardan ortiq bolajonlarga bayram sovg‘alarini ulashdi. Shuningdek, Ya.A. Abdurahmonov tuman hududida joylashgan 560-sonli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 75 nafardan ortiq bolajonlar uchun “Yangi yil” bayram tadbirini tashkil etib, ularga sovg‘alar topshirdi.

Bayram tadbiri davomida yangi yil sovg‘alari bolajonlarga tantanali ravishda topshirilib, ularning yuzlarida quvonch va shodlik aks etdi.

Powered by GSpeech