Yunusobod tumani Jinoiy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan sayyor sud bo‘lib o‘tdi
Yunusobod tumanida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida probatsiya hisobida turgan, nazorat ostidagi shaxslarning huquqiy va ijtimoiy holatini yanada yaxshilash, ularni tuzatish, jamiyatga moslashuvini ta’minlash maqsadida Jinoiy ishlar bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi tashkil etildi.
Ushbu sud majlisida o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, intizomiy jazolarga yo‘l qo‘ymagan, o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan bir qancha shaxslarga nisbatan jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Sud qarori bilan tuzalish yo‘liga o‘tgan, o‘z qilmishidan haqiqiy afsuslangan va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan bir necha nazoratdagi shaxslar muddatidan ilgari ozod qilindi.
Tadbir doirasida profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, probatsiyadagi shaxslarga qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.