Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik M.M.Vafoyevning navbatdagi Sayyor qabuli o‘tkazildi

10.12.2025 / 10

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri munosabati bilan Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik M.M.Vafoyevning navbatdagi Sayyor qabuli o‘tkazildi.

Xalqimizning manfaatlarini himoya qilish, borasida sayyor qabullar tashkil etish orqali aholi bilan bevosita muloqot qilish, ayniqsa, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida bartaraf etish yuzasidan amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Qabulda Probatsiya xizmati hisobida turgan mahkumlarning murojaatlari eshitilib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Qabul jarayonida turli masalalarda o‘ndan ortiq murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, ularning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 7 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Powered by GSpeech