Yunusobod tumani hokimligining rasmiy munosabati

21.04.2025 / 257

     Telegram ijtimoiy tarmoqlaridan birida Yunusobod tumanida issiq va sovuq suv ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha tanqidiy post joylandi. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
    Toshkent shahar hokimligining reja-jadvaliga muvofiq, barcha tumanlarda 2025 yilning 26 mart kunidan boshlab, bahorgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida katta hajmli suv o‘tkazuvchi tarmoqlarda rejali profilaktik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu bois, poytaxt tumanlaridagi ayrim mahallalarda issiqlik va ichimlik suv tarmoqlari vaqtincha to‘xtatilgan.
     Xususan, Yunusobod tumanidagi Bodomzor MFY va Bog‘ishamol ko‘chalarida, shuningdek, Amir Temur, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yangi shahar Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Osiyo, Minor 1-berk ko‘chalari, Shayx Shivli MFY, Uchqahramon MFY, Yunusota MFY, Bog‘ishamol MFY va Minor mahallalarida ham issiq va sovuq suv quvurlarini joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, shuningdek, vaqtincha suv ta’minoti uzilgan. Ushbu ta’mirlash ishlari belgilangan reja-jadvalga muvofiq, respublika va Toshkent shahar kommunal tashkilotlari tomonidan 2025 yil aprel-may oylarida bosqichma-bosqich tugallanishi rejalashtirilgan.
    Mazkur uzilishlar haqida aholiga rasmiy ma’lumotlar “O‘zsuvta’minoti” AJ va “Veolia Energy Tashkent” MCHJ shuningdek, Yunusobod tuman hokimligining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi саҳифалари (https://t.me/yunusobodhokimiyati/16913?single)orqali hamda hududlardagi barcha MFY raislari orqali e’lon қилинган . (https://t.me/yunusobodhokimiyati/17437?single) Yunusobod tumanida “Veolia Energy Tashkent” MCHJ tomonidan issiq suv tarmoqlari 2025 yil 18-apreldan boshlab ta’mirlanmoqda. Ichimlik suvi quvurlari esa, 2025 yil 21-apreldan buyon “O‘zsuvta’minoti” AJ tarkibidagi «Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasi tomonidan ta’mirlanmoqda.
     Shu bilan birga, Yunusobod tumani hokimligi tomonidan suv quvurlari ta’mirlanayotgan barcha mahalla aholisiga maxsus transport vositalari orqali suv yetkazib berilmoqda.
    Telegram kanalini yuritayotgan blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha messenjerlardan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.
    Biz Yunusobod tumani haqida aniq va ishonchli axborot tarqatishni ochiq va shaffof usullar orqali ta’minlashga, shuningdek, OAV va blogerlar bilan to‘g‘ri va samarali hamkorlik o‘rnatishga doimo tayyormiz.

M.Darxonov
Yunusobod tumani hokimligi
Matbuot xizmati rahbari

Powered by GSpeech