Yunusobod tumani hokimligi tomonidan Xalq qabulxonasi mas’ullari bilan hamkorlikda navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi
Bugun Yunusobod tumani hokimligi tomonidan Xalq qabulxonasi mas’ullari bilan hamkorlikda navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Tadbirda tuman aholisi o‘zlarini qiynab kelayotgan turli ijtimoiy, huquqiy va kommunal muammolar bilan murojaat qildi.
Qabul jarayonida har bir fuqaroning murojaati alohida eshitildi, ularga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab olindi.
Jumladan, Bodomzor mahalla fuqarolar yig‘ini, Ezgulik ko‘chasi, 1-tor ko‘cha, 20-uyda istiqomat qilayotgan Diyorbek Mamasodiqov “Sirli buloq” sihatgohi MCHJ bilan ijara shartnomasi tuzishda ko‘mak so‘rab murojaat qildi. Mazkur masala bo‘yicha tegishli mutaxassislar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Shuningdek, Astrabod mahallasi, 7-35- 56-uyda istiqomat qilayotgan Shuhrat Ahmedov tabiiy gaz hisoblagichi noto‘g‘ri ko‘rsatish natijasida qarzdorlik hisoblanganidan norozilik bildirdi. Uning murojaati bo‘yicha mutasaddilarga hisoblagichni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va qarzdorlikni qayta hisoblash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Bundan tashqari, Shifokorlar mahallasi, Iftixor ko‘chasi, 70-uyda istiqomat qilayotgan Anatoliy Kilyagkov turmush o‘rtog‘i Nataliya Smirova nomiga uy-joyni rasmiylashtirishda yordam so‘radi. Mazkur masala yuzasidan huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Har bir murojaat amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilib, uning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English