Yunusobod tumani hokimining qabuli o‘tkazildi

23.06.2025 / 246

  Bugun Yunusobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi B.Abduvaliyevning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi mutasaddi korxona va tashkilotlar, idora va muassasalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdilar.

  Qabulning asosiy maqsadi — fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammo va masalalarni joyida tinglash, ularga yechim topish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish va xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

  Qabulda fuqarolar tomonidan yer masalalari, uy-joy bilan ta’minlash, ishga joylashish, nafaqa va moddiy yordam, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, sanitariya holati, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi qator yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning aksariyati o‘sha yerning o‘zida hal qilindi, yechim talab etuvchi masalalar esa nazoratga olindi va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

  Sayyor qabul yakunida mas’ullarga har bir murojaatni zudlik bilan hal etish, fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lish va muammolarni chuqur o‘rganish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

  O‘z navbatida, aholi vakillari o‘z taklif va mulohazalarini ham bayon qildilar. Ba’zi murojaatchilar tuman hokimiyatining murojaatlarga tezkorlik bilan javob berishi va muammolarni bartaraf etish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Powered by GSpeech