YUNUSOBOD TUMANI HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

12.10.2024 / 213

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar ishtirok etdi. Har bir murojaat ortida aholini qiynab kelayotgan muammosi yotadi. Shu boisdan tuman hokimi murojaatlarni mutasaddi rahbarlar bilan o‘rganib, masalani ijobiy yechimini ta’minlayapti. Qabulda aholi tomonidan ishga joylashish, oilaviy tadbirkorlik ochish, uy-joy, mulk huquqi, subsidiya ajratish, moddiy yordam olish, imtiyozli kredit, yer munosabatlari bilan bog‘liq bildirilgan bir qancha masalalar hokim tomonidan diqqat bilan tinglandi. 

Qabulda ishtirok etgan hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassalalar vakillari bilan birgalikda murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul davomida fuqarolardan ishga joylashish, mulk huquqi, oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, ta’lim krediti kabi masalalar shu yerning o‘zida bartaraf qilindi. Murojaatchilar orasida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, mahallasidagi xotin-qizlarni, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlayman deganlari ham bo‘ldi.

Qabulda ishtirok etayotgan hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassalalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarga, shu yerning o‘zida yechim ham topildi. Muddat talab qiladiganlarini hokim, shaxsan o‘z nazoratiga oldi.

Powered by GSpeech