YUNUSOBOD TUMANI HOKIMI XITOYLIK ISHBILARMONLARNI QABUL QILDI

11.09.2024 / 198

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev va Xitoy Xalq Respublikasining "ChONGQING SUNFEEL INTELLIGENT TEChNOLOGY” CO., LTD korxonasini rahbari o‘rinbosari janob Yang boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida Xitoyda imzolangan kelishuvlardagi loyihalarni amalga oshirishni boshlash va ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan samimiy muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zaro do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda Yunusobod tumanida zamonaviy bino va inshootlar, xizmat ko‘rsatish maskanlarini bunyod etish loyihasi bilan tanishtirdi.

Muzokaralar ko‘tarinki kayfiyat va samimiy do‘stona o‘tdi. Xitoy delegatsiyasi tashkiliy masalalar uchun tuman hokimi B.Abduvaliyevga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Powered by GSpeech