Yunusobod tumani hokimi Uvaysiy mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarga chiqqan holda Uvaysiy mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Hokim B. Abduvaliyev mahallaning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar — piyodalar yo‘laklarni ta’mirlash, ichki quvur va kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, qo‘shimcha yoritish chiroqlarini o‘rnatish, aholi dam olishi uchun mo‘ljallangan zamonaviy hovli va bog‘larning barpo etilishi kabi ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, mahalladagi bolalar maydonchalarining holati o‘rganilib, ularni yanada rivojlantirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Aholi bilan uchrashuvda hokim B.Abduvaliyev ularning fikr va takliflarini tingladi. Mahalla faollari va katta yoshdagi fuqarolar amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnun ekanini bildirishdi.
Tuman hokimi mahallada amalga oshirilayotgan har bir ish aholi hayotini yaxshilashga xizmat qilishi lozimligini alohida ta’kidladi hamda aholiga zarur qulaylik yaratish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English