Yunusobod tumani hokimi shtabida sayyor qabul o‘tkazildi

27.04.2025 / 127

  Yunusobod tumani hokimi shtabida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Erkinlar, tuman hokimi o‘rinbosari,oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Aliyeva hamda hokimlikning tegishli sohalarga mas’ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarni qabul qildi.

  Qabul davomida turli yo‘nalishlardagi muammolar – jumladan, uy-joy, ish bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar, yer masalalari, tibbiy xizmat, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ijtimoiy yordam bo‘yicha murojaatlar eshitildi.

  Har bir murojaat alohida o‘rganilib, tegishli mutasaddilar ishtirokida hal etish chora-tadbirlari belgilandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning ayrimlariga joyida yechim topildi, ba’zilari esa nazoratga olinib, huquqiy yordami ko‘rsatildi.

Powered by GSpeech