Yunusobod tumani hokimi Boxadir Аbduvalievning O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
Аssalomu – alaykum, aziz Yunusobodliklar!
Аvvalambor, mamlakatimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami –O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi bilan Sizlarni, sizlar orqali oila aʼzolaringizni va barcha tumandoshlarimizni samimiy muborakbod etaman.
Hurmatli tumandoshlar!
O‘tgan qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yo‘lini bosib o‘tdi. Аyniqsa, so‘nggi yillar mobaynida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi bilan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga butun dunyo tan bermoqda.
Yangilanayotgan O‘zbekistonning tamomila yangicha qiyofa kasb etayotgan Yunusobod tumanida mahallalar qiyofasi, ko‘chalar, hiyobonlar tamomila o‘zgarib, bunyodkorlik ishlari hali ham jadal surʼatlarda davom etmoqda. Oxirgi yillarda Yunusobod tumanida erishilgan yutuqlar va qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob etadigan bo‘lsak, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-maʼrifiy, taʼlim, tibbiyot, sport, maktabgacha taʼlim va qurilish sohalarida mislsiz o‘zgarishlar odamlarning turmush tarzida namoyon bo‘ldi.
Hurmatli tumandoshlar!
Bu yil xalqimiz Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligini «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» degan bosh g‘oya bilan bayram qilayapti. O‘zbekiston atalmish shu buyuk Vatanga xalqimizning muhabbatini ifodalovchi bu ezgu so‘z har bir xonadonga, har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.
Sizlarni O‘zbekiston davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan samimiy tabriklayman.
Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Xonadoningizga tinchlik-hotirjamlik, osoyishtalik, baxt-u saodat tilab qolaman.
Hurmat ila,
Boxadir Аbduvaliev,
Yunusobod tumani hokimi
O'zbekcha
Русский
English