Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abdulxayevich Abduvaliyevning Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tibbiyotchilarga bayram tabrigi

09.11.2025 / 7

Hurmatli shifokorlar, hamshiralar va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari!

Siz azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Yunusobod tumani hokimligi nomi va shaxsan o‘z nomimdan chin qalbdan tabriklayman!

Inson salomatligini asrash, uning hayotini saqlab qolish — jamiyatdagi eng oliy va sharafli burchlardan biridir. Sizlar har kuni o‘z fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va mehr bilan insonlarga hayot, umid va shodlik bag‘ishlab kelayapsizlar.

So‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda tibbiyot tizimini rivojlantirish, shifokorlar mehnatini qadrlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa siz azizlarning mehnatiga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tirofning yorqin ifodasidir.

Yunusobod tumanida ham sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, yangi zamonaviy shifoxona va poliklinikalarni qurish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu borada siz, fidoyi shifokor va tibbiyot xodimlarining hissasi beqiyos.

Aziz tibbiyot fidoiylari!

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik va farovonlik, mas’uliyatli va sharafli mehnatingizda yangi yutuqlar tilayman.

Xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik izhor etaman!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Boxadir Abduvaliyev
Yunusobod tumani hokimi

Powered by GSpeech