Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev Astronomiya instituti faoliyati bilan tanishdi

17.04.2025 / 140

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Astronomiya instituti faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Hokim Boxadir Abduvaliyev, instituti direktori Shuhrat Egamberdiyev hamda professorlar, taniqli olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan uchrashib, ularning ilmiy ishlari, kosmos va astronomiya sohasida amalga oshirayotgan izlanishlari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Hokim institut jamoasiga zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida astronomiyaning tutgan o‘rni, yosh avlodni ushbu sohaga qiziqtirish va ilmiy faollikni oshirishdagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, tuman hokimligi tomonidan ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash, institut faoliyatini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Muloqot chog‘ida hokim professor va olimlarning fikr-mulohazalarini tinglab, ular tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Powered by GSpeech