Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyevning Yangi yil tabrigi

01.01.2026 / 31

Assalomu alaykum, qadrli yunusobodliklar!

Sizlarni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu qutlug‘ ayyom barchangizga hayotimizdagi eng ulug‘ boylik — oilaviy baxt, mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik va fayz-baraka olib kelsin.

Aziz vatandoshlar!

O‘tgan 2025 yilda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirildi. Bu islohotlarning samarasi sifatida barcha sohalarda erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar bugun hayotimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, o‘tayotgan yilni minnatdorlik va shukronalik bilan kuzatib olmoqdamiz.

Hurmatli tumanimiz aholisi!

2026 йил "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" da ham Yunusobod tumanini har tomonlama rivojlantirish, investisiya va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalarimizdan bo‘lib qoladi.

Aziz tumandoshlar!

Xalqimizning barcha ezgu orzu-niyatlari ro‘yobga chiqsin. Go‘zal va betakror yurtimiz hamisha tinch-osoyishta, xalqimiz omon-eson bo‘lsin.

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Powered by GSpeech