Yunusobod tuman IIO FMB boshlig‘i M.M.Vafoyevning Yunusobod tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
Assalomu alaykum, hurmatli tumanimiz aholisi!
Avvalo, Siz aziz fuqarolarni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etayotganingiz, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda mas’uliyat bilan yondashayotganingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Shu o‘rinda, sizning ruxsatingiz bilan tumanimiz hududidagi kriminogen vaziyat to‘g‘risida axborot berib o‘tsam!
2025-yilning 11 oyida tumanning kriminogen vaziyatini barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasida tuman ichki ishlar organi tomonidan bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy yilda 19 715 nafar huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar aniqlandi, 47 nafar shaxslar Reabilitatsiya markaziga joylashtirildi, 48 nafar profilaktik hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand, spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar majburiy davolanishga yotqizildi, 206 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga “Himoya order”lari berildi.
Tumanimizda olib borilgan tadbirlar natijasida, 2025 yil 11 oyida, tumanda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar 17,1 foizga, xususan qasdan odam o‘ldirish jinoyati 87,5 foizga, transport vositalarini olib qochish jinoyati 57,1 foizga, nomusga tegish jinoyati 40 foizga, o‘rtacha og‘ir tan jaroxati yetkazish jinoyati 32 foizga, talonchilik jinoyati 45,8 foizga, hamda o‘g‘irlik jinoyati 6,6 foizga, bezorilik jinoyati 28,56 foizga, kamayishiga erishildi.
Hurmatli fuqarolar!
Yuqorida keltirilgan ijobiy natijalarga qaramay, tumanimizda ayrim jinoyat turlari hali-hamon sodir etilishdan to‘xtamayapti va kriminogen vaziyatning barqarorligiga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda.
Tumanda sodir etilgan jinoyatlar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, asosiy e’tibor xavfsiz mahalla tamoyili asosida fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratishga qaratilmoqda.
Bunda, tumandagi 2 ta mahalla (Obod va Buyuk Turon) tanlab olinib, videokuzatuv kameralari o‘rnatish uchun mahallalar taftishdan o‘tkazilib chiqildi.
Jumladan, ushbu mahallalarda jami 49 ta kameralar o‘rnatilishi rejalashtirildi.
Shundan, 36 tasi shaxsni aniqlovchi (FACE ID), 8 tasi davlat raqamlarini aniqlovchi, 1 tasi PTZ va 4 tasi kuzatuv kameralari.
Mazkur kameralarning 48 tasi ko‘chalarga, 1 tasi ijtimoiy ob’yektlarga o‘rnatiladi.
Ma’lumot uchun:
– “Buyuk Turon” mahallasida jami 35 ta kamera o‘rnatiladi.
Shundan, 26 tasi shaxsni aniqlovchi (FACE ID), 4 tasi davlat raqamlarini aniqlovchi, 1 tasi PTZ va 4 tasi kuzatuv kameralari.
Mazkur kameralarning 34 tasi ko‘chalarga, 1 tasi ijtimoiy ob’yektlarga o‘rnatiladi.
– “Obod” mahallasida jami 14 ta kameralar o‘rnatiladi.
Shundan, 10 tasi shaxsni aniqlovchi (FACE ID), 4 tasi davlat raqamlarini aniqlovch kameralari.
Mazkur kameralarning 14 tasi ko‘chalarga o‘rnatiladi. Shuningdek, qulf-kalit tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida, mahallalar hududiga kirib kelayotgan barcha fuqarolarni, 3 toifaga ya’ni, “Yashil” – mahallada muqim yashovchi fuqarolar, “Sariq” – ijtimoiy va kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlari va “Qizil” – begona shaxslar toifalarga ajratib olinadi.
Bu orqali, mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlarning “issiq izi”dan ochishga hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga erishiladi.
Hurmatli fuqarolar!
E’tiboringizni yana bir o‘ta muhim bo‘lgan masalaga qaratmoqchiman. Joriy yil davomida, tumanimizda xonadon va savdo do‘konlaridan o‘g‘irlik sodir etilishi kamaygan bo‘lsada, biroq ushbu holat hamon kuzatilmoqda.
Tuman Qo‘riqlash bo‘limi bilan hamkorlikda yuqoridagi holatlarning oldini olish maqsadida, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 842 ta domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 340 ta tashvish tugmalari o‘rnatildi, 252 ta savdo muassasalari va 1138 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “
Ob’yekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 4026 ta stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 78 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 195 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 139 ta yoritish vositalari bilan ta’minlandi.
Hurmatli tumanimiz aholisi!
Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bundan keyin ham siz aziz yurtdoshlar bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashishda, huquqbuzarliklarning oldini olishda, xavfsiz va osoyishta hayotni ta’minlash yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.
Sizlardan iltimosimiz – hushyorlik va ogohlikni doimo saqlab, huquqbuzarliklarga befarq bo‘lmaslik, har qanday shubhali harakatlar to‘g‘risida Ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berib borishingizni so‘raymiz.
Barchangizga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilaymiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
O'zbekcha
Русский
English