Yunusobod tuman elektr tarmoqlari korxzonasi faoliyati va Yunusobod podstansiyasida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlarini o‘rganildi.
Respublika ishchi guruhi va tuman hokimligi mas’ullari Yunusobod tuman elektr tarmoqlari korxzonasi faoliyati va Yunusobod podstansiyasida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan podstansiyadagi elektr uskunalari, kuch transformatorlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va yuqori kuchlanishli liniyalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash hamda yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, xodimlarning mehnat sharoiti, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi va aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlariga elektr ta’minotida uzluksizlikni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Ta’mirlash ishlari doirasida podstansiyada zamonaviy uskunalar o‘rnatilishi, elektr ta’minoti sifatini oshirish, ortiqcha elektr yo‘qotishlarini kamaytirish, hamda tizimning umumiy samaradorligini oshirish maqsad qilingan.
O‘rganish mobaynida ishchi guruh tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ushbu ishlar Yunusobod tumanida elektr ta’minotini yanada barqaror va sifatli holga keltirish, aholining turmush darajasini oshirish hamda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi rivojlanishga xizmat qiladi.

O'zbekcha
Русский
English