“YUNUSOBOD” PODSTANSIYASI REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA

11.12.2024 / 202

Yunusobod tumanida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida belgilangan dasturlar doirasida ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan Prezidentining 2023 yil 11 martdagi PQ-91-son qaroriga asosan rekonstruksiya ishlari olib borilayapti. Ushbu podstansiya 1968 yilda ishga tushirilgan. Ayni paytda “Yunusobod” podstansiyada 2 ta 40 MVtli kuch transformatorlar o‘rniga 2 ta 63 MVt li kuch transformatorlar o‘rnatildi.

“Yunusobod” podstansiya, “TashGRESS” podstansiyadan chiquvchi, “L-Dok-1,2-110kV” havo liniyasi orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Mazkur podstansiyaga “TashGRES” podstansiyadan keluvchi yuqori kuchlanishli havo liniyasi podstansiyaning (liniya raz’yedenitel) LR-L-Dok-1,2-110 kV orqali (shinnыy ra’yedenitel) SHR-T-1,2-110 kVga kelib tushadi.

 So‘ngra SHR-T-1,2-110 kV orqali (vыklyuchatel) V-T-1,2-110 kVga kelib ta’minlanadi. 63 MVt li kuch transformatoridan 35 kV va 10 kV liniyalariga kuchlanish beriladi.

“Yunusobod” podstansiyadan, Yunusobod tumaning 50% iste’molchilariga, ya’ni 48721 ta aholi, 2100 ta yuridik iste’molchilariga va 46 ta ijtimoiy soha obe’ktlariga elektr energiyasi yetkazib beriladi.
“Yunusobod” podstansiyasida qo‘shilgan 46 MVt natijasida yuklama 90% dan o‘rtacha 40-50% gacha kamaydi va elektr energiya sifati yaxshilanadi.

Powered by GSpeech