"Yunusobod podstansiyasi" da olib borilayotgan modernizatsiya ishlari o‘rganildi
O‘rganish davomida Yunusobod tuman hokimi aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish hamda yuklamalarni barqaror taqsimlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Mas’ullar tomonidan, podstansiyadagi navbatchilik qismlari faoliyati, avariya holatlariga tezkor javob qaytarish imkoniyatlari va texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Qayd etilganidek, modernizatsiya ishlari yakunlanishi natijasida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash, uzilishlar sonini kamaytirish va aholi hamda ijtimoiy obyektlarga qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Tuman hokimi tomonidan ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
O'zbekcha
Русский
English