Yunusobod: Obod bo‘layotgan manzillar ko‘paymoqda

17.12.2025 / 24


Poytaxtimizning Yunusobod tumani ulkan bunyodkorlik, yangilanish va barqaror taraqqiyot maskaniga aylanib bormoqda. Qad rostlayotgan ko‘p qavatli turar-joylar, keng va ravon ko‘chalar, zamonaviy yoritish tizimlari, obodonlashtirilgan xiyobon va jamoat maskanlari aholi uchun yanada qulay, xavfsiz va farovon yashash muhitini yaratmoqda. Holbuki, bundan 7-8 yil ilgari Yunusoboddateleminora bilan istirohat bog‘idan boshqa maqtanarli joyningo‘zi yo‘q edi. O‘nqir-cho‘nqir yo‘llar, ta’mirtalab uylar, kommunal muammolar girdobiga aylangan hududlardan biri edi Yunusobod. Ayniqsa, tuman markaziy dehqon bozori atrofidagi betartiblikdan odamlar bezib qolgandi.

Keyingi 8 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning doimiy e’tibori va tashabbusi bilan Yunusobod yangicha qiyofa kasb etdi, poytaxtimizning eng zamonaviy, sayyohlar oshiqadigan maskaniga aylandi. Zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish, dam olishmaskanlarikeskinortdi. Xususan, “Xaytaun siti” savdova servis majmuasitumanning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylandi. Unga tutash hududlarda barpo etilgan muhtasham binolar esa zamonaviy megapolisga xos va mos bo‘ldi. Davlat rahbarining ochiqlik siyosati va yaratilgan jozibador investision muhit tufayli Yunusobod mahalliy va xorijiy mehmonlar qadami arimaydigan qaynoq manzilga aylandi.

Qolaversa, tumanning Rixsiliy ko‘chasida mahalliy aholi hamda poytaxt mehmonlari uchun dam olish, xordiq chiqarish va zamonaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi. Tun-u kun odam arimaydigan, zamonaviy savdo va servis xizmatlaridan foydalanadigan qaynoq manzilga aylandi. Mazkur ko‘chada aholi uchun tun-u kun dam olish imkoniyatlari yaratildi. Shu maqsadda Toshkent shahrining Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlarida bir qator gavjum ko‘chalar zamonaviy qiyofaga keltirildi. Umuman, poytaxtda 26 ta ko‘chani 24 soat ishlaydigan faol shahar makonlariga aylantirish, shuningdek, tun-u kun xizmat ko‘rsatadigan savdo va servis nuqtalarini mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Rixsiliy ko‘chasida amalga oshirilgan ishlar ana shu keng ko‘lamli islohotlarning bir qismi sanaladi.

Hudud ahli Rixsiliy ko‘chasining kechagi qiyofasini, achinarli ahvolini yaxshi bilishadi. Yillar mobaynida infratuzilma yo‘qligi, yo‘l yoritish tizimining nosozligi bois Yuqori Qoraqamish ko‘chasi bo‘ylab bu yerdan o‘tgan insonning ko‘ngli xijil bo‘lgan. Ko‘chaning ikki tomoni fayzsiz va qorong‘u, yo‘laklar ta’mirtalab holatga kelib qolgandi. Ayniqsa, kechqurunlari bu hududdan o‘tishga odamlar seskanardi. Rixsiliy ko‘chasiningobod bo‘lishi mahalliy aholiningbir necha yilik orzusi edi.
 Bugun esa Yunusoboddagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar tufayli mazkur ko‘chaga fayz kirdi. Zamonaviy yoritish uskunalari, obodonlashtirilgan yo‘laklar, savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini ko‘rib odamning ko‘zi quvnaydi. Endi Rixsiliy ko‘chasi, nafaqat savdo va xizmat ko‘rsatish markazi, balki dam olish, sayr qilish, turizm va mahalliy iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo‘shadigan qaynoq nuqtaga aylandi.

Loyiha doirasida savdo, ovqatlanish, maishiy xizmat va ko‘ngilochar sohalarga ixtisoslashgan zamonaviy ob’yektlar barpo etildi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 45,5 milliard so‘mbo‘lib, 650 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Hududda 39 ming kvadrat metr piyodalar yo‘laklari barpo etildi, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 99 ta videokuzatuv kamerasi va 9 ta favqulodda chaqiruv tugmalari o‘rnatildi. Shuningdek, 11 ta ko‘p qavatli turar-joy binolarining fasad qismlari ta’mirlanib, 12 mingdan ortiq manzarali daraxt va butalar ekildi. Bu esanafaqat Yunusobod, balki shahrimizning ekologik barqarorligini ta’minlab, ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shmoqda.

 Loyiha natijasida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish hajmi 31 milliard so‘mga yetishi, yillik byudjet tushumlari esa 6 milliard so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Kelgusida 45 ta yangi ob’yekt faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan 25 tasi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlaridagi noturar joylar, 20 tasi esa bo‘sh yer maydonlarida barpo etiladigan yengil konstruksiyali servis shoxobchalaridir. Ko‘chaga yondosh hududlarda beshta yirik mahalla joylashgan. Ularda 37 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ko‘cha ilg‘or tajribalar asosida modernizatsiya qilingani aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Rixsiliy ko‘chasidan kuniga o‘rtacha 32–35 mingta avtotransport vositasi harakatlanadi. Yil davomida esa hududga 3,5 million nafardan ortiq aholi va mehmonlar tashrifi kutilmoqda.

Davlat rahbarining ushbu tashrifi hudud ahli, tadbirkorlar va soha mas’ullariga ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlab, kelgusida yangi loyihalarni jalb etishni yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.Bu o‘zgarishlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush sifatini oshirish hamda mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratishibilan yana bir tarixiy voqelik bo‘ldi.

Powered by GSpeech