Yunusobod iftixori

28.10.2025 / 10

Yunusobod iftixori — Marhabo Islomova xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi. 2025 yil 24–27 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida sportning taekvondo (ITF) turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Qora dengiz sohillari kubogi” xalqaro turnirida Yunusobod tumani 239-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud maktabning 7-“B” sinf o‘quvchisi Marhabo Islomova faxrli 1-o‘rinni egalladi. U musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Maktab ma’muriyati ushbu o‘quvchimizga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaydi. Har doim yurtimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarib yursin.

Powered by GSpeech